Jahon | 17:39 / 17.08.2022
7591
1 daqiqa o‘qiladi

Yevrohudud iqtisodiyoti ikkinchi chorakda atigi 0,6 foizga o‘sdi

Foto: Reuters

Mutaxassislar ikkinchi chorakda yevrohudud YaIM 0,7 foizga o‘sishini taxmin qilgandi. Yil boshida o‘sish atigi 0,5 foizni tashkil etgan.

Yevrohudud davlatlarida iqtisodiyot ikkinchi chorakda kutilgan darajada o‘smadi. Joriy yilning aprel oyidan iyun oyigacha bo‘lgan davrda YaIM birinchi chorakka nisbatan avvalroq kutilganidek 0,7 foizga emas, atigi 0,6 foizga o‘sdi. Bu haqda  Eurostat Yevropa statistika idorasi 17 avgust, chorshanba kuni ma’lum qildi.

Yil boshida yevrohududda iqtisodiy o‘sish atigi 0,5 foiz darajasini tashkil etgan edi. Yillik hisobda mintaqada iqtisodiyot ilgari prognoz qilinganidek 4 foiz emas, balki 3,9 foizga o‘sdi. 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yevrohudud iqtisodiyotiga Rossiyaning Ukrainadagi urushi fonida yuz bergan energiya inqirozi sababli kelib chiqqan yuqori inflatsiya salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu yil ekspertlar yevrohududda iqtisodiy o‘sishni atigi 2,6 foiz darajasida kutmoqda. 

Mavzuga oid