O‘zbekiston | 10:52 / 18.08.2022
8101
2 daqiqa o‘qiladi
Sudlanganlik holati qachon tugallanishi ma’lum qilindi
Shaxsning sudlanganlik holati bir qator paytlarda tugallanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozmoqda.
Qayd etilishicha, ular quyidagilar:
- shartli hukm qilinganlarga nisbatan – sinov muddati tugagan kundan boshlab;
- majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;
- jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin – 1 yil o‘tgach;
- ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin – 2 yil o‘tgach;
- 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 4 yil o‘tgach;
- 5 yildan ortiq, lekin 10 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 7 yil o‘tgach;
- 10 yildan ortiq, lekin 15 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 10 yil o‘tgach.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, muqaddam sudlangan shaxslarni ishga qabul qilmaslik (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno), yoxud shaxslarni ular yaqin qarindoshlari sudlangani munosabati bilan ishga qabul qilmaslik mumkin emas.
Mavzuga oid
15:15 / 02.02.2024
Endi qasddan jinoyat sodir etib sudlanganlar o‘qituvchilikka qabul qilinmaydi
12:29 / 23.03.2023
Sudlanganlik muddati o‘tib ketgani haqida ma’lumot olish osonlashadi
09:06 / 07.12.2022
Sudlanganlik holati qachon tugatilishi to‘g‘risida ma’lumot berildi
12:03 / 09.11.2022