Jahon | 19:50 / 19.08.2022
15741
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliya prezidenti noqulay savollar bergan blogerning telefonini tortib olishga urindi

Jair Bolsonaru o‘tirgan avtomobil yonida uning tarafdorlari yig‘ilgan bo‘lib, ular orasida bloger Lean Uilker ham bo‘lgan. U o‘zini prezident fonida videoga ola boshlagan va Bolsonaruga noqulay savollar bergan.

Foto: Videodan kadr

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru o‘ziga noqulay savollar bergan Youtube-blogerning telefonini tortib olishga urindi. Bu haqda G1 portali xabar berdi.

Ma’lumot berilishicha, voqea prezident o‘z qarorgohini tark etayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Bolsonaru o‘tirgan avtomobil yonida uning tarafdorlari yig‘ilgan bo‘lib, ular orasida bloger Lean Uilker ham bo‘lgan. U o‘zini prezident fonida videoga ola boshlagan va Bolsonaruga noqulay savollar bergan.

Braziliya prezidentini qurshab turganlardan biri blogerni turtib yuborgan. Bloger yiqilib tushgan, lekin gapirishdan to‘xtamagan. Shunda Bolsonaru uning oldiga borgan va Uilkerning qo‘lidagi telefonni tortib olishga uringan.

Avvalroq Braziliya federal politsiyasi Jair Bolsonaruni COVID-19 pandemiyasi to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgani uchun mamlakat oliy sudiga chaqirgandi.

Mavzuga oid