AQSh Kongressi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
21 avgust kuni AQSh Kongressi delegatsiyasi O‘zbekiston-Amerika hamkorligi bugungi holati va istiqbollarini, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun O‘zbekistonga keldi.
Delegatsiya tarkibi AQSh Kongressidagi "O‘zbekiston bo‘yicha kokus" hamraisi, Missisipi shtatidan respublikachi kongressmen Trent Kelli va Vakillar palatasi Yo‘llar va vositalar bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi, Illinoys shtatidan respublikachi kongressmen Derin Laxud hamda ular xodimlaridan iborat.
Amerikalik qonunchilar O‘zbekistonda Senat va Qonunchilik palatasi rahbariyati, respublika vazirlik va idoralarida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Tashrif davomida delegatsiya mamlakat tarixiy va madaniy merosi bilan tanishadi.
Tashrif AQSh Kongressi a’zolarining O‘zbekistonga 2017 yildan buyon yettinchi safariga aylandi. O‘tgan yili ikki partiyadan bir guruh amerikalik qonunchilar mamlakatga ikki marotaba tashrif buyurgan va ulardan biriga Vakillar palatasi tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi, nyu-yorklik demokrat kongressmen Gregori Miks rahbarlik qilgandi.
Mavzuga oid
10:31
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024