Zelenskiy Qrim «har qanday yo‘l bilan» qaytarib olinishini aytdi
Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Qrimning Ukraina nazorati ostiga qaytarilishi - «dunyodagi tartibning qayta jonlanishi» degani.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Qrimni qaytarib olishga va’da berdi.
«Biz Qrimni boshqa mamlakatlar bilan maslahatlashmasdan, o‘zimiz to‘g‘ri deb bilgan har qanday yo‘l bilan qaytarib olamiz»,— dedi u «Qrim platformasi» sammitida.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Qrimning Ukraina nazorati ostiga qaytarilishi — «dunyodagi tartibning qayta jonlanishi» degani.
U shuningdek, Ukraina «Rossiyani tinchlantirish» uchun front chizig‘i muzlatilmasligini qo‘shimcha qildi. Ukraina prezidentining fikricha, Rossiya «muloqot haqida o‘ylamayapti va hech qachon o‘ylamagan ham».
Bundan tashqari, Volodimir Zelenskiy Rossiya armiyasi Zaporijjya AESini bo‘shatib qo‘yishini talab qildi.
«Qrim platformasi» 23 avgust kuni onlayn shaklda bo‘lib o‘tmoqda. Unda 60ga yaqin mamlakat qatnashmoqda.
Mavzuga oid
20:14
Rossiyada Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan migrantlar Ukrainaga qarshi urushga borishga majburlanayotgani aytildi
13:50
Ukraina tunda Rossiyaning 68 ta dronidan 31 tasini urib tushirdi
09:20
Zelenskiy ukrain qurollarini ishlab chiqarishni kengaytirish niyatida
09:00