Prezidentga yangi maslahatchi tayinlandi
Respublika oliy ta’lim kengashi raisi, Transport universiteti rektori lavozimlarida ishlab kelgan 44 yoshli Odil Abdurahmonov O‘zbekiston prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
Odil Qalandarovich Abdurahmonov O‘zbekiston prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
U mazkur lavozimdan iste’foga chiqarilgan Abdujabbor Abduvohidovning o‘rnini egalladi.
Abdurahmonov bungacha Respublika oliy ta’lim kengashi raisi, Toshkent davlat transport universiteti rektori lavozimlarida faoliyat yuritayotgandi.
U Prezident administratsiyasida avval ham ishlagan: bu tuzilma Prezident devoni deb atalgan vaqtda bosh konsultant lavozimida, keyinroq devonning ijro apparati rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovning o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Abdurahmonov faoliyati davomida Respublika bandlik, mehnat muhofazasi va aholini ijtimoiy himoya qilish ilmiy markazi rahbari ham bo‘lgan. 2018 yil 31 iyuldan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
2019 yil aprel oyida Prezident administratsiyasiga qaytib, Abdujabbor Abduvohidovga o‘rinbosar bo‘lgan. 2020 yil iyulida Transport universiteti rektori lavozimiga o‘tkazilgan.
Abdurahmonov 2022 yil 8 iyundan boshlab Respublika oliy ta’lim kengashi raisi lavozimida ham faoliyat yuritayotgandi. Bu tayinlovdan ko‘p o‘tmay kengashga yangi vakolatlar berilgandi.
Odil Abdurahmonov 1978 yilda tug‘ilgan, iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024