O‘zbekiston | 11:14 / 26.08.2022
4571
2 daqiqa o‘qiladi

Litseylarga test natijalarini tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlash tartibi e’lon qilindi

Akademik litseylarga kirish test natijalarini tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlash tartibi ma’lum qilindi.

Oliy ta’lim vazirligiga ko‘ra, abituriyentning to‘plagan balli ustuvorlik asosida u tanlagan birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

Bunda, abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

U tanlagan birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

Bunda, abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

U tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

U tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

Mavzuga oid