O‘zbekiston | 11:11 / 26.08.2022
4104
1 daqiqa o‘qiladi
Nikohdan ajrashish holatlari eng ko‘p Toshkent shahrida kuzatilmoqda
2022 yil yanvar-iyul oylarida respublika bo‘yicha 28 507 ta nikohdan ajrashish holatlari qayd etilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida nikohdan ajrashish holatlari soni eng ko‘p Toshkent shahrida qayd etildi – 3432 ta.
Shuningdek, Samarqand viloyatida 3041 ta nikohdan ajrashish holati kuzatilgan bo‘lsa, Toshkent viloyatida bu raqam 2971 tani tashkil qildi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlarda kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Farg‘ona viloyati – 2955 ta;
- Andijon viloyati – 2896 ta;
- Namangan viloyati – 2499 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 2270 ta;
- Surxondaryo viloyati – 1608 ta;
- Buxoro viloyati – 1605 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 1216 ta;
- Xorazm viloyati – 1183 ta;
- Sirdaryo viloyati – 1041 ta;
- Jizzax viloyati – 954 ta;
- Navoiy viloyati – 836 ta.
Mavzuga oid
17:32 / 07.11.2024
Xitoyda yangi oila qurish holatlari rekord darajada kamayib ketdi
14:09 / 02.11.2024
Xitoydagi shaharda kelin 35 yoshdan kichik bo‘lsa, nikohdan o‘tishda hukumat tomonidan pul to‘lanadi
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
21:28 / 26.10.2024