O‘zbekiston | 10:09 / 26.08.2022
2738
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Sun’iy intellektni rivojlantirish kengashi tashkil etildi

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etildi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Sun’iy intellekt bo‘yicha milliy strategiyani rivojlantirish maslahat kengashi tashkil etildi.

Maslahat kengashi Sun’iy intellekt bo‘yicha milliy strategiyani rivojlantirishga oid takliflarni ishlab chiqish jarayonida jamoatchilik fikrini o‘rganadi. Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov kengash faxriy raisi hisoblanadi. Yangi maslahat organiga vazir maslahatchisi Bobur Rahimov boshchilik qiladi.

Kengash doirasida sun’iy intellektdan foydalangan holda amaliy tajribalar o‘tkazish va ularni imkon qadar qisqa vaqt ichida mamlakat iqtisodiyotiga tatbiq etish uchun tadqiqotchilarni kompaniyalar bilan birlashtiradigan ishchi guruhlar tuziladi.

Kengash ishida xususiy sektor, ilmiy va ekspert doiralari, ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlari, taniqli jamoat arboblari ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid