O‘rta Yer dengizida yana yuzlab odamlar qutqarildi
Ocean Viking bortida 466 kishi, jumladan homilador ayollar va bolalar bor va ularning ko‘plari tibbiy yordamga muhtoj, deya xabar beri SOS Mediterranee tashkiloti.
Ocean Viking fuqarolik qutqaruv kemasi 10 ta qutqaruv operatsiyasida O‘rta Yer dengizi orqali Yevropaga o‘tishga uringan 466 kishini bortga oldi. Ular orasida homilador ayollar, bolalar va go‘daklar, jumladan, 3 haftalik qizcha ham bor va ko‘pchilik tibbiy yordamga muhtoj, deb xabar berdi muhojirlarni qutqarish bilan shug‘ullanuvchi SOS Mediterranee gumanitar tashkiloti yakshanba, 28 avgust kuni Twitter’da.
Qidiruv missiyasi bilan O‘rta Yer dengizida bo‘lgan yana bir nemis kemasi Nadir yelkanli kemasi Italiyaning Lampeduza qirg‘oqlari yaqinida puflama qayiqdan 59 kishini bortiga oldi. Resqship e.V. assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 27 avgust kuni kechqurun kema odamlarni Lampeduzaga tushirishga muvaffaq bo‘lgan.
Bundan tashqari, ochiq dengizda qutqarilgan 99 kishi Open Arms Uno kemasidan Sitsiliyaning Messina shahriga tushirildi, deb yozdi Open Arms tashkiloti Twitter’da.
Odamlar uchun eng muhim, lekin ayni paytda eng xavfli qochish yo‘llaridan biri bo‘lgan O‘rta Yer dengizida hukumatning qutqaruv missiyalari mavjud emas. Xususiy tashkilotlar Yevropaga yetib olishga urinayotgan qochqinlarga yordam berishda ishtirok etadi. Malta hukumati bir necha yillardan beri qutqaruv kemalarining o‘z portlariga kirishiga ruxsat bermayapti. Italiyada bunday ruxsatnomani olish bir necha kun davom etadi.
Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri kamida 1161 kishi O‘rta Yer dengizini kesib o‘tish chog‘ida halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan, haqiqiy raqamlar bundan ancha yuqori bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
14:29 / 26.08.2024
Dunyodagi eng xavfli dengizlar ma’lum qilindi
11:46 / 24.08.2024
Dengiz bag‘ridan yoqilg‘i “so‘rayotgan” qurilmalar: jahonning eng yirik neft platformalari
13:58 / 21.08.2024
Belarus Boltiqbo‘yi davlatlarini mamlakatning dengizga chiqishini to‘sib qo‘yganlikda aybladi
10:52 / 10.08.2024