O‘zbekiston | 14:29 / 31.08.2022
3551
1 daqiqa o‘qiladi

Wizz Air’ga Abu Dabi – Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlar uchun ruxsatnoma berildi

Wizz Air Abu Dhabi aviakompaniyasiga Abu Dabi – Toshkent – Abu Dabi yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

Foto: Wizz Air

Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati va Birlashgan Arab Amirliklari hukumati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida 30 avgustda “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan Wizz Air Abu Dhabi aviakompaniyasiga O‘zbekistonga Abu Dabi – Toshkent –Abu Dabi yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi ekspluatatsion ruxsatnomasi berildi.

Wizz Air Abu Dhabi aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni Airbus 321 havo kemalarida amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Wizz Air Abu Dhabi – Abu Dabi xalqaro aeroportida joylashgan kam budjetli aviakompaniya, Birlashgan Arab Amirliklari ADQ davlat investitsiya kompaniyasi hamda Wizz Air Holdings xalqaro holding tomonidan tashkil etilgan qo‘shma korxona.

Mavzuga oid