O‘zbekiston | 10:16 / 02.09.2022
5805
2 daqiqa o‘qiladi
Firma nomida ko‘rsatilishi mumkin bo‘lmagan belgilar ma’lum qilindi
Qanday belgilar firma nomida ko‘rsatilishi mumkin emasligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
«Firma nomlari to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, firma nomida:
- davlat rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkiloti qisqartirilgan yoki to‘liq nomi;
- tarixiy yoki O‘zbekistonda mashhur bo‘lgan shaxs to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;
- firma nomi egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;
- jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak.
Firma nomida:
- ilgari O‘zbekistonda boshqa yuridik shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma berilgan, ilgariroq ustuvorlikka ega bo‘lgan firma nomlari;
- ilgari O‘zbekistonda boshqa shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma berilgan, O‘zbekiston xalqaro shartnomalarga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilmay muhofaza qilinadigan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari);
- belgilangan tartibda hammaga ma’lum deb e’tirof etilgan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari);
- belgilangan tartibda qonunchilik bilan muhofaza qilinadigan tovarlar kelib chiqqan joylar nomlari bilan, shunday nomdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish hollari bundan mustasno, adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash belgilar ham ko‘rsatilmasligi kerak.
Mavzuga oid
07:38 / 12.06.2024
Qayta ishlanishi majburiy bo‘lgan chiqindi tovarlariga belgi qo‘yish boshlanadi
13:12 / 29.05.2024
FT: G‘arb firmalari Rossiyani tark etish rejalaridan voz kechmoqda
15:57 / 21.02.2024
Toshkentda ikkita firma uy qurib berish aldovi bilan fuqarolarni qariyb 27 mlrd so‘mga chuv tushirdi
08:40 / 18.12.2023