YeIda «omikron»ga moslashtirilgan vaksinalar birinchi marta qo‘llanilishi mumkin
Sog‘liqni saqlash bo‘yicha Yevropa komissarining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa ittifoqi «yana bir kovidli qishga» tayyor bo‘lishi kerak. Yevropa regulyatori EMA tomonidan tasdiqlangan koronavirus vaksinalari pandemiyaga qarshi kurashda yordam beradi.
Omikron variantiga moslashtirilgan koronavirusga qarshi vaksinalar Yevropa ittifoqida birinchi marta qo‘llanilishi mumkin. Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) 1 sentabr, payshanba kuni Biontech/Pfizer va Moderna kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan, omicron BA.1 sub-variantiga moslashtirilgan vaksinalardan foydalanishga ruxsat berdi.
EMA ilgari emlangan 12 yoshdan oshganlar uchun ikkita yangi koronavirus vaksinasini tasdiqladi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan kelib chiqadigan nojo‘ya ta’sirlar avvalgi vaksinalardan yuzaga kelgan holatlar bilan «bir xil».
Yevropaning sog‘liqni saqlash bo‘yicha komissari Stella Kiriakidisning ta’kidlashicha, vaksinalarni tasdiqlash «yevropaliklarni kuz va qishda infeksiya to‘lqinlari xavfidan himoya qilish uchun muhim». Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI «yana bir kovidli qishga» tayyor bo‘lishi kerak.
Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Karl Lauterbax «pandemiyaga qarshi kurashda sifatli olg‘a siljish» bo‘lganini aytdi, u Germaniyada moslashtirilgan vaksinalar bilan emlash kelasi hafta boshlanishi mumkinligini bildirdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning haftalik epidemiologik byulleteni ma’lumotlariga ko‘ra, 22-28 avgust kunlarida dunyoda koronavirus bilan kasallanish 16 foizga, o‘lim darajasi 13 foizga kamaydi. Ko‘rsatkichlarning pasayishi dunyo barcha mintaqalarida qayd etilgan, ammo eng kuchlisi - Sharqiy O‘rta Yer dengizi (37 foizga) va Yevropada (20 foiz). O‘limning eng katta pasayishi Afrika (64 foizga), Sharqiy O‘rta Yer dengizi (35 foizga) va Yevropada (30 foizga) kuzatilmoqda.
Umuman olganda, belgilangan davr mobaynida dunyoda 4,5 milliondan ortiq yangi kovid holati aniqlandi va SARS-CoV-2 koronavirusi bilan kasallanish oqibatlaridan 13,5 ming kishi o‘lim holati qayd etildi.
Mavzuga oid
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
20:25 / 23.10.2024
Britaniyada norovirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi
21:15 / 13.09.2024
JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi
00:00 / 06.09.2024