O‘zbekiston | 13:22 / 05.09.2022
7104
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Hyundai’dan tanasini chiqarib olgan fuqaroga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda, fuqaro Hyundai Santafe rusumli transport vositasi salonidan tanasini chiqarib olgan holda harakatlanayotgani aks etgan video tarqalgan. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: IIBB axborot xizmati

Aniqlanishicha, joriy yil 2 sentabr kuni haydovchi, 2002 yilda tug‘ilgan A.O. Hyundai Santafe rusumli avtomashinani Shayxontohur tumanida boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

Shu vaqtda, avtomobil ichida o‘tirgan yo‘lovchi, 1999 yilda tug‘ilgan A.A. yo‘l harakati qoidalarini buzib, salondan tana qismini chiqargan holatda transport vositasida harakatlangan.

Mazkur holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 138-moddasi 4-qismi ("Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish") bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

IIBB xabariga ko‘ra, ular bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Mavzuga oid