Chimkentda bir guruh o‘zbekistonliklar majburiy ushlab turilgani aniqlandi
Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar hujjatlari va oylik maoshlari olib berildi.
Chimkent shahrida ishlayotgan bir guruh o‘zbekistonlik fuqarolardan pasportlari olib qo‘yilgani va majburiy ushlab turilgani to‘g‘risida murojaat kelib tushgan, deb xabar qilmoqda Migratsiya agentligi.
Qayd etilishicha, murojaat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Chimkent shahridagi vakolatxonasi xodimi hamda Chimkent shahar politsiya departamenti tezkor guruhi bilan fuqarolar ish joyiga borilgan.
O‘zbekistonliklar pasportlari qaytarilgan va oylik maoshlari undirib berilgan. Hozirgi kunda ularni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilayotgani aytiladi.
Bundan oldin Rossiyada O‘zbekiston fuqarolariga kuch ishlatib, majburiy mehnatga jalb qilgan ish beruvchi hibsga olingandi.
Mavzuga oid
18:55 / 03.09.2024
Qozog‘iston janubidagi «avariya»da O‘zbekiston fuqarolari jabrlandi
09:20 / 30.12.2023
Chimkent shahrida O‘zbek tili va madaniyati markazi ochildi
18:22 / 23.12.2023
Ketma-ket 11 qurbon: umrbod qamalgan “kirakash” sinfdoshlarning seriyali qotilliklari
08:34 / 31.05.2023