Jamiyat | 17:26 / 07.09.2022
17400
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar 3-son tug‘uruq kompleksiga bosh vrach tayinlandi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Cog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Nargiza Mirzoyevna Umarova Toshkent shahar 3-son tug‘uruq kompleksi bosh vrachi lavozimiga tayinlandi.

N. Umarova 1995 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida bakalavr, 1996 yilda shu oliy o‘quv yurtida internatura, 2001 yilda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida klinik ordinatura bosqichlarini muvaffaqiyatli tamomlagan. 

Tibbiyot fanlari nomzodi bo‘lgan mutaxassis bunga qadar Respublika perinatal markazida ultratovush diagnostika shifokori, umumiy bo‘lim shifokori, muassasa qoshidagi Klinik-diagnostika poliklinikasi bo‘limi mudiri, markazning akusherlik va ginekologiya bo‘yicha direktori o‘rinbosari kabi qator mas’uliyatli vazifalarda ishlagan. 

Mavzuga oid