To‘qayev Nur-Sulton nomini Ostonaga qaytarishga rozilik berdi
To‘qayev mamlakat poytaxti nomini Nur-Sultondan Ostonaga qaytarish bo‘yicha taklifni qo‘llab-quvvatladi. Bu masala konstitutsion qonun loyihasi muhokamasida ko‘rib chiqiladi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev parlament deputatlarining mamlakat poytaxti nomini Ostona deb qayta nomlash bo‘yicha bildirgan taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda To‘qayevning matbuot kotibi Ruslan Jyeldibay feysbukdagi sahifasida xabar qoldirgan.
«Prezidentga deputatlarning bu boradagi tashabbusi haqida ma’lumot berildi, bu tashabbus, o‘z navbatida aholi bilan uchrashuvlarda bildirilgan takliflar, shuningdek fuqarolarning referendum vaqtidagi ko‘p sonli murojaatlariga asoslangan. Parlamentariylar taklifi davlat rahbari roziligi bilan Konstitutsiyaviy qonun muhokamasiga kiritilgan», degan u.
Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibining ta’kidlashicha, To‘qayev «Nursulton Nazarboyevning Qozog‘istonning zamonaviy davlatchiligini mustahkamlash va poytaxtni tashkil etishdagi hal qiluvchi rolini tarixiy fakt deb biladi». Uning qo‘shimcha qilishicha, prezident Nazarboyevning nomi berilgan boshqa obektlar o‘z nomini saqlab qolishi kerak deb hisoblaydi.
Qozog‘iston poytaxti nomi 2019 yil martida, To‘qayev o‘zining inauguratsiya nutqida tegishli taklifni ilgari surishi ortidan Ostonadan Nur-Sultonga o‘zgargandi.
Qozog‘iston poytaxti Ostona nomini 1998 yilda olgan. Unga qadar shahar 1992 yildan buyon Oqmola nomida bo‘lgan va bu vaqtda poytaxt shahar emasdi, Qozog‘iston mustaqillikka erishganida Olma-Ota shahri poytaxt edi. 1992 yilga qadar Oqmola shahri Tselinograd (1961 yildan) deb atalgan, undan oldinroq esa Akmolinsk nomida bo‘lgan.
- Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonning ilk prezidenti bo‘lgan. U bu lavozimni 1991 yil dekabrida 2019 yil martiga qadar egallagan. Nazarboyevning o‘rniga hokimiyat tepasiga To‘qayev kelgan. Prezidentlikdan ketgach Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi bo‘lib qolgan, uning qarindoshlari esa rahbarlik lavozimlarida ishlashda davom etgan.
- 2022 yil yanvarida Qozog‘istonda gaz narxi ko‘tarilishiga qarshi namoyishlardan boshlangan keng ko‘lamli tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi. To‘qayev namoyishlarni bostirish uchun KXShT kuchlarini ham chaqirdi. Tartibsizliklar fonida Nazarboyev Xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketkazildi, uning qarindoshlari esa davlat tashkilotlari va tijoriy tuzilmalardagi rahbarlik lavozimlaridan mahrum bo‘lishdi.
Mavzuga oid
21:02 / 17.10.2024
Rossiyani harbiy jihatdan yengib bo‘lmaydi - To‘qayev
20:51 / 16.10.2024
Qozog‘iston BRICS a’zosi bo‘lishdan bosh tortdi
17:06 / 06.10.2024
Qozog‘istonda AESni xalqaro konsorsium qurishi kerak – To‘qayev
14:28 / 02.10.2024