Vazir o‘rinbosari Termizga hokim bo‘ldi
Qurilish vaziri o‘rinbosari O‘ktam To‘rayev Termiz shahar hokimi etib tayinlandi.
Bugun, 2022 yil 21 sentabr kuni Xalq deputatlari Termiz shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berishicha, sessiyada Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev vazifasidan ozod qilingan.
Termiz shahar hokimi lavozimiga O‘ktam To‘rayev nomzodi ko‘rsatilib, deputatlar tomonidan tasdiqlangan.
O‘.To‘rayev 1979 yilning 25 oktyabrida Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Termiz davlat universiteti, 2002 yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti, 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Keyinroq Muzrabot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2017–2019 yillarda Boysun tumaniga, 2019–2021 yillarda Sariosiyo tumaniga hokimlik qilgan.
To‘rayev 2021 yil mayida qurilish vaziri o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Isroil Xudoyberdiyev 2017 yildan buyon Termiz shahriga hokimlik qilib kelayotgandi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024