O‘zbekiston | 11:27 / 22.09.2022
8964
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar ilm-innovatsiya bilan shug‘ullanmasa, mamlakat taraqqiyoti bo‘lmaydi – Prezident

Ayni paytda Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahrida navbatda tashqari sessiya bo‘lib o‘tmoqda. Unda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlayapti.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Har bir inson, xoh u rahbar bo‘lsin, xoh oddiy odam – farzandlarini kamolini, vatani taraqqiyotini ko‘rishni istaydi. Men bejizga ta’lim-ta’lim deb ko‘p ta’kidlamayman. Bu esa maktabgacha ta’limdan boshlanadi. Bu boradagi ko‘rsatkichlarimiz qay darajada oshganini yaxshi bilasiz. O‘qituvchilarga, institut domlalari maoshlarini ancha ko‘tardik. Yakuniy maqsad nima – ilm, innovatsiya, rivojlanish. Olimlar ilm-innovatsiya bilan shug‘ullanmasa, mamlakat taraqqiyoti bo‘lmaydi.

Bugun biz sizlar bilan Toshkent viloyatini rivojlantirish bo‘yicha gaplashib olishimiz kerak. Andijonda 3 sotix yeri bor odam boy bo‘lyapti. Afsuski Toshkent viloyatida tomorqalardan foydalanish ko‘ngildagidek emas. Agar bu viloyatdagi rahbarlar xalqning og‘irini yengil qilish uchun biror tashabbus bilan chiqsalar, hammasini qo‘llab quvvatlashga tayyorman”, – deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid