O‘zbekiston | 17:06 / 24.09.2022
22306
1 daqiqa o‘qiladi

Rasul Kusherbayevni onasidan so‘kkan fuqaro jarimaga tortildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Boysun tumani sudi deputat Rasul Kusherbayevni onasidan so‘kkan fuqaroni BHMning o‘ttiz baravari (9 mln so‘m) miqdorida jarimaga tortish haqida  qaror qabul qildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev 6 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali videomurojaat yo‘llab, unda surxondaryolik fuqaro uni onasidan so‘kkanini ma’lum qilgandi.

Kusherbayevning yozishicha, 23 sentabr kuni  jinoyat ishlari bo‘yicha Boysun tumani sudida mazkur holat bo‘yicha ish ko‘rib chiqilgan.

“Sud S.Sultonovni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasiga asosan BHMning o‘ttiz baravari (9 mln so‘m) miqdorida jarimaga tortish haqida qaror qabul qildi.

Yakunida menga fuqarolik sudi orqali huquqbuzar S.Sultonovdan ma’naviy zarar undirishim mumkinligi tushuntirildi.

Haqorat javobgarlikka sabab bo‘ladi, haqoratdan tiyilaylik!” deydi deputat.

Mavzuga oid