Andijon tumani hokimi qabul vaqtidagi harakati uchun ishdan ketdi
Abdujabbor Egamberdiyev qabuliga kelganlarga poygakdan joy berganidan keyin internetda mashhur bo‘lgandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, o‘tkazilgan qabullarda fuqarolarga hurmatsizlikka yo‘l qo‘ygani va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari uchun Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyev egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Avgust oyida internetda Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyevning qabullariga kelgan fuqarolar ayvonchada o‘tirgan hokimga ro‘para bo‘layotgani va ularga suhbat paytida ayvoncha ostonasidan joy berilayotgani aks etgan suratlar tarqalgandi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida muhokamalarga sabab bo‘lgan bu holat "O‘rta asr xonliklari davrini eslatayotgani", Egamberdiyev o‘zini hokim emas xondek tutayotgani tanqid qilingandi.
Tuman hokimligi esa bu holatni «ijtimoiy masofa saqlash» zarurati bilan izohlashga harakat qilgandi.
Abdujabbor Egamberdiyev 2021 yil fevralida Andijon tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
10:09 / 11.07.2024
Andijonda tez harakatlangan Tracker zovurga tushib ketdi
20:59 / 23.01.2024
Andijon tumani sobiq hokimi sudlangani ma’lum bo‘ldi
13:48 / 30.07.2023
Kogon tumani IIB xodimi 1300 dollar bilan ushlandi
18:27 / 01.02.2023