AQSh davlat qarzi ilk marta 31 trillion dollardan oshdi
2022 yilning 3 oktyabr holatiga ko‘ra, AQSh 31 trillion 123 milliard 887 million 781 ming 401 dollar 34 sent tashqi qarzga ega.
AQSh davlat qarzi birinchi marta 31 trillion dollardan oshdi. Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan hujjatda jami davlat qarzi ustunida 31,1 trillion dollar miqdori ko‘rsatilgan. Bu AQSh davlat qarzi bo‘yicha barcha davr uchun rekord ko‘rsatkichdir.
Qo‘shma Shtatlar pandemiyaga qarshi kurashish va mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlashga yordam berish uchun qarz olishni boshladi, chunki halokatli virus mehnat bozorlari va ta’minot zanjirlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. 2020 yil boshidan beri to‘lanmagan qarz miqdori qariyb 8 trillion dollarga yetgan.
Avvalroq, AQSh Kongressining Budjet qo‘mitasi e’lon qilgan hisobotda mamlakatning qarz yuki ortib borayotgani qayd etilgandi. Shuningdek, davlat qarzning oshishi iqtisodiy o‘sishni sekinlashtirishi, mamlakatning foiz to‘lovlari va moliyaviy inqiroz xavfini oshirishi ta’kidlangandi.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024