O‘zbekiston | 08:43 / 05.10.2022
15452
2 daqiqa o‘qiladi

Yon shajara bo‘yicha yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish taqiqlanishi mumkin

Foto: Kun.uz

“Oila kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Oilaviy huquqlarni amalga oshirish va oilaviy majburiyatlarni bajarish tizimini takomillashtirish maqsadida Oila kodeksi 10-moddasi quyidagi qoidalar bilan to‘ldirilmoqda:

«Oilada er va xotin shaxsiy hamda mulkiy huquqlarni amalga oshirish, ichki oilaviy masalalarni hal qilish, oilada bolalar tarbiyasi, ular farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish, o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilish majburiyatlarini bajaradi. Oilaviy-huquqiy munosabatlarda oila a’zolari: er-xotin, ota-ona va bolalar (farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar) o‘rtasidagi huquq va majburiyatlarda tengdir».

Shaxsiy huquq va manfaatlari buzilgan oilaviy munosabatlar ishtirokchilari sud orqali o‘z huquqlarini himoya qilishi, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplashni talab qilish huquqi belgilanmoqda.

Yon shajara bo‘yicha yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzishni taqiqlash nazarda tutilmoqda.

Nikoh shartnomasida nikohlanuvchi shaxslar bo‘lg‘usi ota-ona sifatida bola ta’lim-tarbiyasi, ularni moddiy ta’minlash borasidagi huquq va majburiyatlarini kiritish belgilab qo‘yilmoqda.

Mavzuga oid