Sport | 18:14 / 11.10.2022
27490
1 daqiqa o‘qiladi

Muzaffarbek To‘raboyev – dzyudo bo‘yicha jahon chempioni!

Foto: MOQ

Toshkentda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida -100 kg vazn toifasidagi final yakuniga yetdi.

Hal qiluvchi bellashuvda o‘zbekistonlik Muzaffarbek To‘raboyev kanadalik Kayl Reyyesni mag‘lub etib, O‘zbekiston hisobiga ikkinchi oltin medalni taqdim etdi. U vazari usulini ishlatib, raqibidan ustun keldi.

Shu tariqa, jahon chempionatida O‘zbekistonning oltin medallari soni ikkitaga yetdi. Kuni kecha -90 kg vazn toifasida Davlat Bobonov ham yurtimiz hisobiga ilk oltin medalni taqdim etgandi.

22 yoshli surxondaryolik kurashchi dastlab amerikalik Smitni, gruziyalik Varlam Lipertiani, kanadalik Shadi Elans va yarimfinalda niderlandiyalik Maykl Korrelni mag‘lub etgan edi.

Mavzuga oid