O‘zbekiston Gayana bilan diplomatiya munosabatlarini o‘rnatdi
Gayana O‘zbekiston bilan diplomatiya munosabatlarini o‘rnatgan 142-davlatga aylandi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
10 oktabr kuni Nyu-York shahrida (AQSh) O‘zbekiston va Gayana o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolandi.
Hujjatni ikki davlat hukumati nomidan O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibrohimov va Gayananing BMTdagi doimiy vakili Karolin Rodrigez Birket imzoladi.
Gayana davlati Janubiy Amerika shimoli-sharqiy sohilida joylashgan, Britaniya Hamdo‘stligi, Amerika davlatlari tashkilotiga a’zo.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini tasdiqladi. Hamkorlik yo‘nalishlarini izlash uchun ikki tomonlama aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Hujjat imzolanishi O‘zbekistonning Janubiy Amerika davlatlari bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:01 / 14.06.2024
Sobiq diplomat Qodirjon Yusupov jazo muddatini o‘tab, ozodlikka chiqdi
21:53 / 15.04.2024
Isroilga hujumlar tufayli bir qancha davlat tashqi ishlar vazirligi Eron elchilarini chaqirdi
18:53 / 12.04.2024
Moskvada Qirg‘iziston elchixonasi xodimi uyiga politsiya bostirib kirdi
22:01 / 19.03.2024