Yevroparlament Saxarov mukofotini Ukraina xalqiga topshirdi
Yevropa parlamenti Saxarov nomidagi inson huquqlari bo‘yicha mukofotini Ukraina xalqiga topshirdi.
Qayd etilishicha, mukofotga o‘z zaminida jang qilayotgan ukrainaliklar ham, qochqinlar ham, jangovar harakatlar paytida yaqinlarini yo‘qotganlar ham birdek sazovor bo‘lgan.
2021 yilda rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniy, 2020 yilda Belarus muxolifati ushbu mukofot laureati bo‘lgan edi.
Taqdirlash marosimi 14 dekabr kuni Strasburgda bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Yevropa xalq partiyasi (YeXP) Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va mamlakat xalqini Andrey Saxarov nomidagi «Fikr erkinligi uchun» mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatgan edi.
1988 yilda Yevropa parlamenti tomonidan ta’sis etilgan mukofot vodorod bombasi yaratuvchisi va huquq himoyachisi Andrey Saxarov nomi bilan atalgan. 1970 yilda u SSSR Inson huquqlari qo‘mitasi asoschilaridan biri bo‘ldi. 1975 yilda «odamlar o‘rtasidagi tinchlikning asosiy tamoyillarini qo‘rqmasdan qo‘llab-quvvatlagani uchun» tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Saxarov mukofoti laureatiga diplom va 50 ming yevro mukofot beriladi.
Mavzuga oid
10:46
Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun maxsus vakil tayinlaydi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024