O‘zbekiston | 11:11 / 20.10.2022
3347
2 daqiqa o‘qiladi

Investitsiyalar vazirligida «Investorlarga ko‘mak markazi» tashkil etilyapti

"Respublika hududlarida innovatsion va investitsiya faoliyatini jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hukumat qarori qabul qilindi.

Nukus, Buxoro, Jizzax va Namangan shaharlarida Toshkent shahrida barpo etilgan Inno texnoparki shaklidagi texnoparklarni 2023-2026 yillarda bosqichma-bosqich barpo etish belgilangan.

Qarorga muvofiq, texnoparklar asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • texnoparkda iqtidorli yoshlar, talabalar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga jalb etish;
  • texnoparkda biznes-inkubatorlar, tajriba maydonchalari tashkil qilish;
  • tashabbuskor yoshlarning startap loyihalarini rivojlantirish hamda ularni joriy etish va moliyalashtirish;
  • yetakchi xorijiy kompaniyalar vakillari, ekspertlar ishtirokida treninglar va mahorat darslari o‘tkazish.

Investitsiya loyihalari markazi tuzilmasida Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi tashkil etiladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida “Investorlarga ko‘mak markazi” tashkil etiladi.
 
Markaz innovatsion yondashuv asosida barcha darajadagi masalalarni hal qilish vakolatiga ega, investorlar va tadbirkorlarga “Yagona darcha” tamoyili asosida ko‘maklashib boradi.

Mavzuga oid