O‘zbekiston | 17:00 / 22.10.2022
12858
4 daqiqa o‘qiladi

ISHONCH do‘konlar tarmog‘i Xorazm viloyatida o‘z faoliyatini kengaytirmoqda

Foto: ISHONCH

Mamlakatimizda 2010 yildan buyon aholining yashash tarzini yaxshilash, bu yo‘nalishda qulay shartlar taqdim etish, yangi ish o‘rinlarini yaratishni o‘ziga asosiy maqsad qilib olgan ISHONCH kompaniyasi bugunga kelib respublika bo‘ylab 62 ta savdo do‘koniga ega. Kuni kecha Xorazm viloyatida tarmoqning 63-filiali Xonqa tumanida va 64-filiali Bog‘ot tumanida barcha uchun o‘z eshiklarini ochdi hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni boshladi.

Foto: ISHONCH

Filiallarning tantanali ochilish marosimi ko‘ngilochar dastur bilan boshlanib, undan so‘ng an’anaga ko‘ra maxsus ochilish tasmasini kesish marosimi o‘tkazildi. Do‘konlarning eshiklari ochilgach, tashrif buyurgan mehmonlar ichkariga kirib, taqdim etilgan keng turdagi mahsulotlar bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Do‘konlar tarmog‘ida 7000 dan ziyod mahsulot turlari mavjud bo‘lib, ularni xarid qilish uchun nihoyatda qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Ular orasida maishiy texnikalar, zamonaviy smartfonlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, barcha turdagi mebellar, santexnika mahsulotlari, qurilish materiallari, gilamlar, chinni va billur idishlar, sport anjomlari va ko‘plab boshqa mahsulotlarni topishingiz mumkin.

Foto: ISHONCH
Foto: ISHONCH

Budjet tashkilotida faoliyat olib boruvchi xodimlar va nafaqadagi shaxslar esa faqatgina pasportning o‘zi bilan muddatli to‘lovga mahsulot xarid qilishlari mumkin. Xaridorlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida, mahsulotlarni bepul yetkazib berish xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Foto: ISHONCH

Kompaniyaning asosiy maqsadi, aholining turmush tarzi sifatini yaxshilash va yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shish bilan bir qatorda, aholi bandligini ta’minlash borasida ko‘maklashishga qaratilgan. ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining navbatdagi ikkita filiali ochilishi natijasida 30 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi. Aytib o‘tish kerakki, har bir xodim o‘z lavozim vazifalari bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlari orqali o‘qitiladi, muntazam ravishda malakasini oshirib boradi, bu esa kompaniyaning professional va sifatli xizmat ko‘rsatishiga yordam beradi. Iqtidorli mutaxassislar kasbiy o‘sishi uchun yaxshi imkoniyatlar taqdim etiladi. Kompaniyada ishlash istagida bo‘lganlar o‘z anketalarini maxsus Telegram bot https://t.me/ishonchanketabot orqali to‘ldirib qoldirishlari va https://t.me/hrfmishonch Telegram-kanali orqali bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olishlari mumkin.

Foto: ISHONCH

Kompaniya tomonidan muntazam ravishda chegirmali va yutuqli aksiyalarning o‘tkazilishi xaridorlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. Ayni paytda ISHONCH do‘konlar tarmog‘ida ISHONCHLI MIJOZ aksiyasining ikkita bosqichi yakunlangan bo‘lib, uchinchi bosqich boshlanganligi haqida e’lon qilindi. Aksiyada ishtirok etish uchun ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining istalgan filialiga tashrif buyurib, 4 mln so‘m va undan yuqori xaridni amalga oshirish natijasida 5 ta Chevrolet Nexia 3 avtomobili yoki qimmatbaho maishiy texnikalardan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Aksiya shartlari haqida batafsil www.ishonchaksiya.uz saytida tanishib chiqishingiz mumkin. Yangi aksiyalar va qiziqarli takliflar haqida doimo xabardor bo‘lish uchun, ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalarini kuzatib boring.

Batafsil ma’lumot uchun:

+99873 515 22 22

t.me/ishonchadmin 1

Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalari:

Telegram: t.me/ishonchsavdo

Instagram: instagram.com/ishonchsavdouz

Facebook: facebook.com/ishonchsavdouz

YouTube: youtube.com/c/Ishonchsavdo

Reklama

Mavzuga oid