Jahon | 13:23 / 22.10.2022
13868
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy: Moskva oziq-ovqat inqirozini kuchaytirmoqda

Moskvaning oziq-ovqat inqirozini kuchaytirishga urinishlari yer yuzidagi har bir insonga nisbatan tajovuzdir. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy urushning 240-kunidan keyin qilgan videomurojaatida aytib o‘tdi. 

Foto: Picture Alliance

«Dushman oziq-ovqat eksportimizni sekinlashtirish uchun hamma narsani qilmoqda. Menimcha, Rossiya bu harakatlari bilan oziq-ovqat inqirozini ataylab kuchaytirmoqda, u esa joriy yilning birinchi yarmidagidek keskinlashishi mumkin», - dedi Zelenskiy. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun 150 dan ortiq kemalar navbatda turibdi. 

«Bu sun’iy navbat bo‘lib, faqat Rossiya kemalarning o‘tishini ataylab kechiktirgani uchun paydo bo‘ldi», - deya ta’kidladi Ukraina prezidenti.

Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 8 oktyabr kuni Qrim ko‘prigida sodir etilgan portlashga Kiyevning aloqasi yo‘q ekanini aytib o‘tgandi. 

«Bilishimcha, biz buni aniq buyurtma qilmaganmiz», dedi Zelenskiy. Shu bilan birga, u portlash Rossiya qurolli kuchlari va Rossiya maxsus xizmatlari o‘rtasidagi ichki kurash natijasi bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi. 

Mavzuga oid