Prezident tibbiyot muassasalari faoliyati bilan tanishmoqda
Bugun, 26 oktyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida joylashgan tibbiyot muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi va sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazmoqda.
Tashrif doirasida jurnalistlar Chilonzor tumanida joylashgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi hududida joylashgan yangi 87 o‘rinli yuqori texnologik xirurgiya binosida ham bo‘ldi.
Hozirgi kunda markazda o‘rtacha 870 nafar bemor davolanmoqda. Markazda bemorlarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinyapti. Ayni paytda markaz Rossiya, Turkiya, Avstriya, Germaniya, Finlandiya, Janubiy Koreya hamda Yaponiya davlatlari bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Markaz rahbari Doniyor Alimov muassasada o‘rnatilgan yangi uskunalar to‘g‘risida shunday dedi:
– Markazimizda mavjud zamonaviy uskunalar soni so‘nggi 5-6 yilda keskin ko‘paytirildi. Hozir tez va sifatli xizmat ko‘rsatish uchun bu kabi imkoniyatlar bizga juda ham zarur. Kelgusida davlat rahbari topshirig‘iga ko‘ra faqat Toshkentda emas, markazning hududlardagi 13 ta filialida ham zamonaviy uskunalar o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Zamonaviy angiograf yordamida bemorga shoshilinch tashxis qo‘yish bilan birga tezkor va kichik invaziv operatsiya qilish, ya’ni kichik kesma yordamida qon tomirlaridagi turli amaliyotlarni amalga oshirish mumkin. E’tiborli jihati – bunda bemorga narkoz berilmaydi va butun jarayon davomida bemor va jarrohlar suhbatlashib turishlari mumkin. Monitorda esa bemorning barcha tibbiy ko‘rsatkichlari aks etib turadi.
Markazda 27 nafar tibbiyot fanlari doktori, 51 nafar tibbiyot fanlari nomzodi faoliyat yuritmoqda. Ularning aksariyati xorijda malaka oshirib kelgan. Bu ham, albatta, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirishga turtki bo‘ladi, – dedi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Mavzuga oid
14:37 / 13.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
13:50 / 13.11.2024
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston rahbarlari "yashil” energiyani uzatish loyihasiga start berdi
20:47 / 12.11.2024
“Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz” - Shavkat Mirziyoyev
20:26 / 12.11.2024