Kiyev: Rossiya urush boshlangandan beri 4,5 mingta raketa zarbalari berdi
Urush boshlanganidan beri Rossiya Ukraina hududiga 4500 ta raketa zarbasi berdi va 8000 dan ortiq havo hujumini amalga oshirdi, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kundalik videomurojaatida.
Unga ko‘ra, so‘nggi ikki kun ichida 30 ta dron ham uchirilgan, ulardan 23 tasi urib tushirilgan.
Bundan tashqari, X-59 raketasi, ikkita Ka-52 hujum vertolyoti va Su-25 hujumchi samolyoti yo‘q qilindi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning mamlakat energetika tizimiga zarbalarini misli ko‘rilmagan, deb atagandi.
«Rossiyalik terrorchilar bizning energetika sohamiz uchun shunday og‘ir sharoitlarni yaratib berishdiki, Yevropada hech kim buni shunchaki ko‘rmagan yoki uchratmagan. Mutaxassislarimiz hozirda yengib o‘tishga majbur bo‘layotgan tahdidlar avval yo‘q edi», - dedi u kechki videomurojaatida.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, «Ukrainaning ko‘plab shahar va viloyatlarida elektr ta’minotida favqulodda uzilishlar kuzatilmoqda, energiya sarfini cheklash zarur».
«Ammo barchamiz bir narsani yodda tutishimiz kerak: energetika sohasida ham Rossiya ustidan g‘alaba qozonish lozim», — deya qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
00:49
NYT: sentabr Rossiya Qurolli Kuchlari uchun eng halokatli oy bo‘ldi
22:40 / 11.10.2024
Rossiya armiyasidan Qozog‘istonga qochgan 6 nafar dezertir Yevropa vizasini oldi
22:19 / 11.10.2024
O‘zbekiston 2027-2028 yillarda elektr va gaz ulgurji bozoriga o‘tishni yakunlaydi – Jamshid Qo‘chqorov
20:50 / 11.10.2024