Xerson viloyatida ekologik falokat ro‘y berishi mumkin
Xerson viloyatidagi rus qo‘shinlari Xersondan chekinish chog‘ida Dnipro va uning irmoqlaridagi suvni ifloslantirib, ekologik falokat keltirib chiqarishga urinmoqda. Bu haqda viloyat harbiy ma’muriyati boshlig‘i Yaroslav Yanushevich xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Dniproning o‘ng qirg‘og‘idan jo‘nab ketayotganda rus qo‘shinlari shahar pristanlariga qo‘yib qo‘yilgan kemalarni portlatib yuborgan, shu sababli 10 tonnadan ortiq yonilg‘i-moylash materiallari daryoga tushib ketgan.
Bu Ramsar konvensiyasi bilan himoyalangan suv qushlarining yashash muhitini yo‘q qilish bilan tahdid soladi.
Ukraina tomoni daryoni tezda tozalay olmaydi, chunki uning mutaxassislari Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarga kira olmayapti.
Yanushevichning so‘zlariga ko‘ra, harakatsizlik mintaqadagi suv-botqoq yerlarining o‘nlab yillar davomida ifloslanishiga olib kelishi mumkin.
Bundan oldin BBC jurnalistlari sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va ijtimoiy tarmoqlardagi fotosuratlarni tahlil qilib, Rossiya Qurolli kuchlari harbiylari Mikolayivdagi suv ta’minotini ataylab ishdan chiqargan degan xulosaga kelishgandi.
Mutaxassislar buni xalqaro gumanitar huquqning buzilishi, deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid
17:58 / 30.06.2024
Jizzaxdagi bog‘da qo‘yib yuborilishi rejalashtirilgan 5 mingta shar yo‘q qilindi
11:05 / 30.06.2024
Havosi buzilgan poytaxtga “sovg‘a” – Toshkentga yaqin joyda 22 gektar yerdagi somon qoldiqlari yoqib yuborildi
11:59 / 29.06.2024
Toshkent havosi iflosligi bo‘yicha dunyoda 4-o‘ringa chiqdi
21:20 / 27.06.2024