O‘zbekiston | 14:11 / 07.11.2022
6957
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva va Mineralniye Vodidan Toshkentga uchgan samolyotlar muqobil aerodromga yo‘naltirildi

Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasining Mineralniye Vodi - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reysi ob-havo sharoiti, kuchli shamol va ko‘rish imkoniyatining pastligi tufayli Navoiy aeroportiga jo‘natildi.

Foto: Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, bortida 91 yo‘lovchi bo‘lgan ukhoi Superjet 100-95B samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 12:19 da Navoiy xalqaro aeroportiga qo‘ngan. Ob-havo yaxshilangach, samolyot soat 13:23 da qayta Toshkentga uchib ketgan.

Shuningdek, bugun soat 05:42 da ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskva — Toshkent reysini amalga oshirayotgan Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti Navoiy aeroportiga borib qo‘ngan. 

Biroz vaqt o‘tgach, ob-havo sharoiti yaxshilangandan so‘ng bortida 226 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkent aeroportiga ucha olgan.

Mavzuga oid