Jahon | 15:50 / 09.11.2022
24075
6 daqiqa o‘qiladi

Donbassda shiddatli janglar va o‘qqa tutilayotgan shaharlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 258-kunidagi asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Primore o‘lkasi gubernatori Oleg Kojyemyakoning Rossiya qo‘shinlarining Donetsk oblastidagi yo‘qotishlari primorelik dengiz piyodalari aytgani kabi ulkan emasligi haqidagi gaplarini yolg‘on deb atadi. Kojyemyako poligonda videochiqish qilib, frontda vaziyat og‘irligi, yo‘qotishlar borligi, ammo qo‘shin ilgarilashda davom etayotganini aytgan.
  • Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar Mariupol atrofida mudofaa istehkomlari o‘rnatayotganini ma’lum qildi.
  • Peterburgdagi harbiy komissariat «Moskva» kreyseri halokatida bedarak yo‘qolgan oshpazga chaqiruv qog‘ozi jo‘natdi.
  • Rossiyaliklar samolyoti 20 avgust kuni britanlar va amerikaliklarning Ukrainada o‘lja qilingan raketalari bilan Moskvadan Eronga uchgani ma’lum bo‘ldi. Britaniya nashrlariga ko‘ra, Tehron bu qurollar evaziga 160 dan ortiq dron bergan.
  • Anneksiya qilingan Xersonning Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati «yaqin kunlarda voqealar rivoji tezlashishi» kutilayotgani, shu tufayli shahardan tinch aholi evakuatsiya qilinganini aytdi.
  • Ukraina qurolli kuchlari va Rossiya qo‘shinlari Mikolayiv oblastining Xerson oblasti bilan chegarasidagi Snigirevka shahri uchun hal qiluvchi jang boshladi. Snigirevka Xersondan bir soatlik masofada joylashgan.
  • AQShning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild Kiyevga tashrifi davomida Amerikaning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashi Ukraina bu urushda g‘olib bo‘lmaguncha davom etishiga ishontirdi.
  • Amerikalik aktyor Shon Penn Kiyevga o‘ziga berilgan «Oskar» haykalchasini olib keldi. Volodimir Zelenskiyning aytishicha, Penn haykalchani Ukraina qurolli kuchlarining urushdagi g‘alabasiga qadar Kiyevda qoldirgan.
  • RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiyanng Ukrainadagi birlashgan guruhi qo‘mondonlik punktiga tashrif buyurdi.

Quyida 8 noyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan fotosuratlar.

Kramatorsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Ukrainalik tergovchi Kramatorsk o‘qqa tutilishi oqibatlarini o‘rganmoqda. Rossiya qo‘shini shaharga 8 noyabr kuni kechqurun zarba bergan. Oblast harbiy ma’muriyati xabariga ko‘ra, maktab binosi va atrofdagi turar joylar shikastlangan. Donetsk oblasti gubernatori Pavel Kirilenko sakkiz yoshli bola yaralanganini xabar qilgan.
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik tergovchi rossiyaliklar zarbasidan keyin topilgan parchalarni ko‘zdan kechirmoqda
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar snaryadi kelib tushgan joyni o‘rganayotgan tergovchilar
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA

Donbass shimolidagi ukrain artilleriyachilari 

Ukrainalik harbiy rossiyaliklarning Donetsk oblastidagi oldingi chiziqlarini o‘qqa tutishda foydalanilgan Krab rusumli o‘ziyurar gaubitsasini. Ukraina Bosh shtabining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi Donetsk oblastida uch yo‘nalishda — Baxmut, Avdeyevka va Novopavlovsk yo‘nalishlarida hujum qilmoqda. RF mudofaa vazirligining 8 noyabr kungi brifingida Donbassdagi vaziyat tilga olinmadi.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari Polsha yetkazib bergan Krab gaubitsalari orqali rossiyaliklarning pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda. May oyi oxirida Polsha Ukrainaga shunday harbiy texnikalardan 18 donasini topshirgandi.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Shiddatli janglar kechayotgan Baxmut atrofidagi front chizig‘idagi ukrain harbiysi. Ukraina qurolli kuchlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar Donetsk oblastining Baxmut, Avdeyevka va Vugledar yo‘nalishlarida «bemisl yo‘qotishlar»ga uchragan. RF mudofaa vazirligi bu ma’lumotni izohlamagan. Foto: Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari rossiyaliklarning Baxmut hududidagi pozitsiyalariga o‘t ochmoqda
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA

Mikolayivda taxta qoqilgan oynalar 

Mikolayivlik ayol RF armiyasi tomonidan ko‘p sonli zarbalar oqibatida derazalari to‘kilib tushgan do‘kon yonidan o‘tmoqda. So‘nggi bor rossiyalik harbiylar Mikolayiv bo‘ylab 7 noyabr kuni raketa uchirgan, ammo havo hujumidan mudofaa tizimi uni tutib qolgan.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Mikolayivdagi ko‘p qavatli uy fasadi. Mikolayivga qo‘shni bo‘lgan Xerson oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan rahbari Kirill Stremousov Rossiya armiyasi go‘yoki Mikolayivga hujum qilishga hozirlanayotganini aytgan. Bunga javoban Mikolayiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim bu gapni «dahanaki ich ketishi» deb atadi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Rossiyaliklar zarbasidan shikastlangan tibbiy markaz binosi
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Mikolayivdagi do‘konda mixlab tashlangan vitrinalar
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

«LXR»da halok bo‘lgan tinch aholi vakillarining qayta dafn etilishi

Luhansk oblastidagi Vidnoye posyolkasida «Ne zabudem, ne prostim» yodgorligi oldida tinch aholi vakillari bo‘lgan 15 kishining jasadlari qoldiqlarini qayta dafn etish jarayoni. Rossiya tomoni bu odamlar «Ukraina tomonidan agressiya qurboni bo‘lgani»ni aytmoqda. Bungacha bu jasadlar qoldiqlari Severodonetskdagi ommaviy qabrdan chiqarib olingandi. «LXR» ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, Severodonetsk aglomeratsiyasida iyun oyidan noyabr oyiga qadar 408 kishining jasad qoldiqlari eksgumatsiya uchun chiqarib olingan.
Aleksandr Reka / TASS

Mavzuga oid