Jahon | 16:43 / 10.11.2022
10484
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Xersonda qo‘shinlarni olib chiqish boshlanganini e’lon qildi

Foto: Reuters

Rossiya Mudofaa vazirligi Xersondagi rus qo‘shinlarini Dniproning chap qirg‘og‘iga olib chiqish boshlanganini e’lon qildi

«Rossiya qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari tasdiqlangan rejaga qat’iy amal qilgan holda Dnipro daryosining chap qirg‘og‘ida tayyorlangan pozitsiyalarga qaytib, manyovr qilmoqda», dedi vazirlik matbuot kotibi Igor Konashenkov kundalik brifingda.

Avvalroq Ukraina prezidenti devonining maslahatchisi Aleksey Arestovich Xersonni to‘liq ozod qilish uchun ukrainalik harbiylarga besh kundan uch haftagacha vaqt kerak bo‘lishini aytgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muddatlar ko‘plab omillarga, jumladan, «Rossiya qo‘mondonligining rejalariga» bog‘liq. 

Uning fikricha, aniq aytish mumkin bo‘lgan yagona narsa: Xerson yaqin kelajakda ozod qilinadi.

Mavzuga oid