Jahon | 15:16 / 10.11.2022
23712
6 daqiqa o‘qiladi
Xersonga yurish qilayotgan ukrain harbiylari, Zelenskiyga «berilgan» «Oskar». Urush suratlari
Urushning 259-kunidan asosiy ma’lumotlar:
- RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu qo‘shinlarni Xersondan olib ketishni buyurdi, rossiyaliklarning bo‘linmalari Dneprning chap sohiliga o‘tmoqda.
- Ammo Ukraina Rossiya Xersonni jangsiz tashlab ketishiga ishonqiramayapti.
- Bu voqealardan bir necha soat oldin Xerson oblastining qo‘g‘irchoq hukumati regionning annexia qilingan qismi rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov YTH oqibatida vafot etganini xabar qildi.
- RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov annexia qilingan Luhanskka keldi - mahalliy OAV vakillari bilan Kremlning «tajribalari»ni bo‘lishish uchun.
- Volodimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar uchun besh shartni ilgari surdi: ular orasida — urush tufayli yetkazilgan barcha zararni qoplash va bosqin takrorlanmasligi uchun kafolat. Ammo Ukraina prezidenti avvalgidan farqli ravishda Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish imkonsiz ekanini aytib o‘tmadi.
- Buyuk Britaniya Ukrainaga yana 1000 ta «yer-havo» sinfidagi raketalarni yetkazib beradi.
- Germaniya ham ukrainlar uchun navbatdagi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Bu 30 ta zirhli mashinalarni, shuningdek razvedkachi dronlar, harbiy shatakchilar va avval yetkazib berilgan zenit-raketa komplekslari uchun o‘q-dorilar.
Quyida 9 noyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Ukrainlarning Xerson oblastidagi yurishi
Ujgorodda sovet davri yodgorliklari buzib tashlanishi
Shon Penn Zelenskiyga o‘z «Oskar» haykalchasini tuhfa etishi
Kiyevda qorong‘ilikda ishlayotgan Bessarabiya bozori
Mavzuga oid
09:00
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz
08:19
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ko‘ndirmoqchi
21:05 / 10.11.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
20:11 / 10.11.2024