Britaniya razvedkasi: Xersonni tark etish - Rossiya obro‘siga zarba
Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, rus armiyasining Xersondan olib chiqilishi Rossiya Federatsiyasi «obro‘siga katta putur yetkazadi», chunki u urush boshidan beri ushbu qo‘shinlar tomonidan qo‘lga kiritilgan yagona mintaqaviy markaz edi.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining Twitter'da e’lon qilingan kunlik hisobotiga ko‘ra, «qo‘shinlarning olib chiqilishi - Dnipro g‘arbiy qirg‘og‘ida Rossiya qo‘shinlari duch kelayotgan qiyinchiliklarning oshkora tan olinishidir».
Britaniya harbiylarining taxmin qilishicha, qo‘shinlarni olib chiqish 2022 yil 22 oktyabrda boshlangan bo‘lishi mumkin, o‘shanda Xersonda Rossiya tomonidan tayinlangan rasmiylar tinch aholini shaharni tark etishga chaqirgandi.
Ta’kidlanishicha, rossiyalik harbiylar, jumladan, fuqarolik kiyimida, 80 000 nafar «evakuatsiya qilinganlar» bilan birga shaharni tark etgan bo‘lishi mumkin.
Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari bu jarayon davomida Dnipro bo‘ylab o‘tgan avtomobil va temiryo‘l ko‘priklarini vayron qilgan.
«Ehtimol, Rossiya hamon daryo orqali mintaqaning boshqa hududlaridan kuchlarini sharqiy qirg‘oqdagi mudofaa pozitsiyalariga evakuatsiya qilishga urinmoqda», deyiladi hisobotda.
Mavzuga oid
22:10 / 10.10.2024
Rus qo‘shinlari Donbassda ilgarilamoqda. Tahlilchilar nima deydi?
14:30 / 10.10.2024
RFda amerikalik yollanma faoliyat uchun sirtdan 14,5 yilga hukm qilindi
10:50 / 10.10.2024
RFning Odessaga zarbasida kamida olti kishi halok bo‘ldi
10:10 / 10.10.2024