O‘zbekiston | 09:42 / 12.11.2022
24540
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat fuqarolik xizmatida rotatsiya qilish tartibi e’lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatida rotatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Getty Images

Nizom davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilingan davlat organlari va tashkilotlarida (davlat organi) qo‘llaniladi.

Davlat fuqarolik xizmatchisini rotatsiya qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

  • davlat fuqarolik xizmatchisi shaxsiy va kasbga oid sifatlari, boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish;
  • davlat organi faoliyati samaradorligini oshirish, hududlarni jadal va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash;
  • rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish, davlat fuqarolik xizmatchilari salohiyati va tajribasidan oqilona foydalanish;  
  • korrupsiyaviy xavf-xatarlar oldini olish.

Quyidagi davlat fuqarolik xizmatchilari rotatsiya qilinmaydi:

  • tayyorlash, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan o‘tayotgan;
  • homilador ayollar, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollar;
  • tibbiy xulosaga asosan o‘zlari yoki ular bilan birga yashovchi oila a’zolari sog‘lig‘i holati rotatsiya o‘tkazilayotgan davlat fuqarolik xizmati lavozimi bo‘yicha xizmat majburiyatlarini amalga oshirish imkoniyatini bermaydiganlar;
  • pensiya yoshiga yetishiga uch yil qolganlar.

Inson resurslarini boshqarish bo‘linmalari va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari davlat fuqarolik xizmatchilari rotatsiyasini amalga oshirish masalalari bo‘yicha davlat organi mas’ul tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Davlat fuqarolik xizmatchilarini rotatsiya qilish majburiy, rejali va rejadan tashqari tartibda amalga oshiriladi. Davlat fuqarolik xizmatchisini majburiy rotatsiya qilish shartlari va muddatlari uning mehnat shartnomasida nazarda tutiladi.

Mavzuga oid