O‘zbekiston | 09:57 / 16.11.2022
6955
1 daqiqa o‘qiladi
Andijon oktabr oyida tug‘ilgan egizaklar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
O‘zbekistonda oktabr oyida 1 942 nafar egizaklar tug‘ilgan.
2022 yilning oktabr oyida respublikada 1 942 nafar egizak tug‘ilish holati qayd etilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, oktabr oyida hududlar bo‘yicha tug‘ilgan egizaklar soni bo‘yicha Andijon viloyati yetakchilik qilyapti – 228 nafar.
Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 214 nafar hamda 210 nafar egizaklar dunyoga kelgan Samarqand viloyati va Farg‘ona viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Qashqadaryo viloyati – 208 nafar;
- Namangan viloyati – 177 nafar;
- Surxondaryo viloyati – 165 nafar;
- Toshkent viloyati – 143 nafar;
- Buxoro viloyati – 122 nafar;
- Toshkent shahri – 110 nafar;
- Qoraqalpog‘iston R. – 98 nafar;
- Xorazm viloyati – 87 nafar;
- Jizzax viloyati – 66 nafar;
- Navoiy viloyati – 59 nafar;
- Sirdaryo viloyati – 55 nafar.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024