O‘zbekiston | 09:43 / 19.11.2022
5209
1 daqiqa o‘qiladi

YuNeSKOning Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi

Poytaxtda Kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va ta’lim berish bo‘yicha butunjahon konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Konferensiya so‘nggi kunida YuNeSKO Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Unda 2030 yilgacha bo‘lgan davrda xalqaro miqyosda maktabgacha ta’lim sohasi asosiy tamoyillari belgilandi. Hujjat konferensiya doirasidagi maslahatlashuv jarayoni orqali tayyorlangan va imzolanganidan so‘ng BMT oltita rasmiy tiliga tarjima qilinadi hamda YuNeSKOga a’zo davlatlarga tarqatiladi.

Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish tizimini global o‘zgartirish strategiyasi bir qismi sifatida Toshkent deklaratsiyasida qator yetakchi tamoyillar belgilandi. O‘quv dasturlari va pedagogika sifati va dolzarbligini oshirish, barcha bolalar uchun teng va inklyuziv ta’lim xizmatlarini ta’minlash va favqulodda vaziyatlarda kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berishga kirish huquqlarini himoya qilish va kafolatlash.  

Mavzuga oid