O‘zbekiston | 11:22 / 23.11.2022
4931
2 daqiqa o‘qiladi

Ishga qabul qilinayotgan 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga dastlabki sinov belgilanmaydi

Yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra, qator xodimlar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi.

“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, ular quyidagilar:

  • homilador ayol, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);
  • zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholi ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;
  • davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3 oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
  • tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari;
  • o‘zi bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;
  • 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;
  • ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;
  • ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar;
  • jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida va ish beruvchi ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.

Mavzuga oid