Luvrda «O‘zbekiston vohalari mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» ko‘rgazmasi ochildi
Luvr muzeyida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan "O‘zbekiston vohalari mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida" nomli mamlakat ilk ko‘rgazmasi ochildi.
Prezident administratsiyasi Ijro etuvchi apparati Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shu’ba mudiri Saida Mirziyoyevaning yozishicha, g‘oya tug‘ilganidan to uni ro‘yobga chiqarguncha oradan to‘rt yil o‘tgan.
“Men barcha hamkorlarimiz, do‘stlarimiz va hamkasblarimizga birgalikda amalga oshirilgan ajoyib ish uchun minnatdorchilik bildiraman!
“Sharq karvoni”, xuddi ming yil avvalgidek, Yevropaga yetib kelib, barchani hayratga solmoqda. Bu biz uchun madaniyatimizni jahon tarixiga kiritish yo‘lidagi yana bir katta qadamdir”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
23 noyabr kuni Parijdagi Luvr muzeyida eng uzoq kutilgan "O‘zbekiston vohalari mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida" ko‘rgazmasi ochildi.
“Ushbu yorqin voqeaga yurtimiz tarixiga muhabbat bilan bir necha yil astoydil tayyorgarlik ko‘rildi!” - deydi Saida Mirziyoyeva.
Qayd etilishicha, ko‘rgazma Yevropa jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
“Biz dunyoga ochilyapmiz, O‘zbekiston global madaniyatga tobora singib, odamlarga yanada yaqin va tushunarli bo‘lmoqda”, deb yozadi Prezident administratsiyasi Ijro etuvchi apparati Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shu’ba mudiri.
Ko‘rgazma Buyuk Ipak yo‘li tarixi haqida hikoya qiladi va ikki ming yildan ortiq vaqtni qamrab oladi. Ko‘rgazmadan 168 ta muzey eksponati, xususan, O‘zbekistonning 13 ta muzeyidan 137 ta, shuningdek, dunyoning yetakchi muzeylaridan 31 ta eng qimmatli eksponatlar taqdim etiladi, ularning aksariyati birinchi marta namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazma kelgusi yilning 6 martiga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
13:19 / 03.07.2024
150 million so‘mga sotilgan suratlar - Toshkentda “Orzu” xayriya ko‘rgazma-auksioni bo‘lib o‘tdi
14:51 / 29.06.2024
Toshkentda “Orzu” xayriya ko‘rgazmasi davom etmoqda
10:38 / 24.06.2024
"Orzu" ko‘rgazmasi: Ko‘zi ojiz bolalarning orzulari sun’iy idrok nigohida
14:14 / 18.06.2024