O‘zbekiston | 08:55 / 24.11.2022
6901
1 daqiqa o‘qiladi
Meva va sabzavotlar eksportida yetakchi hududlar ma’lum qilindi
Qaysi hudud meva va sabzavotlar eksportida yetakchi ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2022 yilning yanvar-oktabr oylarida xorijga meva va sabzavotlar eksport qilgan hududlar orasida Farg‘ona viloyati birinchi o‘rinni egallab turibdi – 261,1 ming tonna.
Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 184,7 ming tonna hamda 162,2 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan Toshkent viloyati va Samarqand viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Surxondaryo viloyati – 134,7 ming tonna;
- Xorazm viloyati – 132,3 ming tonna;
- Namangan viloyati – 123 ming tonna;
- Andijon viloyati – 98,2 ming tonna;
- Toshkent shahri – 81 ming tonna;
- Jizzax viloyati – 69,4 ming tonna;
- Buxoro viloyati – 63,5 ming tonna;
- Qashqadaryo viloyati – 43,1 ming tonna;
- Sirdaryo viloyati – 41,1 ming tonna;
- Qoraqalpog‘iston R. – 21,3 ming tonna;
- Navoiy viloyati – 9,8 ming tonna.
Mavzuga oid
09:40 / 23.10.2024
O‘zbekistondan Kuvaytga quruq mevalar eksporti hajmi oshiriladi
21:40 / 02.10.2024
Qirg‘iziston O‘zbekiston tufayli go‘sht eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qilgani ma’lum bo‘ldi
09:40 / 09.09.2024
O‘zbekiston radioaktiv izotopli mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yishi mumkin
08:40 / 09.09.2024