Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘yicha sud jarayoni sanasi belgilandi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat-protsessual kodeksining 277-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida 14 nafar shaxs qo‘lga olingan.
Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan komissiya xabariga ko‘ra, sud jarayoni 28 noyabr kuni boshlanadi. Komissiyaga Ombudsman Feruza Eshmatova rahbarlik qilmoqda. Uning tarkibiga Oliy Majlis vakillari va deputatlar, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlari rahbarlari va xodimlari kirgan.
Shu yilning 1 iyul kuni «Yel xyzmetinde» gazetasi muharriri va bloger Dauletmurat Tajimuratov ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat yo‘llab, 5 iyul kuni soat 17-00 da «Qoraqalpog‘iston Respublikasining ozodligini so‘rab» Jo‘qorg‘i Kenges binosi oldida miting o‘tkazishga da’vat qilgan. Bu chaqiriq ortidan yuz bergan voqealar oqibatida ommaviy tartibsizliklar kelib chiqqan edi.
Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, ommaviy tartibsizliklar oqibatida parlament binolari – Jo‘qorg‘i Kenes, Nukus shahar IIB va Milliy gvardiya departamentiga bostirib kirishga bir necha bor urinishlar bo‘lgan, huquq-tartibot idoralari xodimlaridan o‘qotar qurollar tortib olingan, ularning bir qanchasi garovga olingan. Hujumlar chog‘ida 107 nafar huquq-tartibot xodimi og‘ir tan jarohati olgani, ulardan 23 nafarining ahvoli og‘irligi, jami 270 nafar hukumat xodimi turli darajadagi tan jarohatlari olgani aytilgan edi.
Keyinroq Bosh prokuratura jinoyat ishi doirasida 14 nafar shaxs Jinoyat-protsessual kodeksining 277-moddasiga asosan qo‘lga olingani, ularga nisbatan sud qarori bilan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangani haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
07:40 / 17.07.2024
O‘zbekistonda shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi
10:26 / 02.07.2024
Qoraqalpog‘istonda 15 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan – Raqobat qo‘mitasi
12:31 / 01.07.2024
Uchta hududda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
08:27 / 20.06.2024