Ukraina ba’zi davlatlardan maxfiy ravishda qurol olmoqda
Ukrainaga qurol yetkazib berishdan ochiqchasiga bosh tortayotgan ba’zi davlatlar bu ishni maxfiy qilmoqda.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning aytishicha, Ukrainaga qurol yetkazib berishdan ochiqchasiga bosh tortayotgan ayrim davlatlar buni yashirincha amalga oshirmoqda. Ukraina hamkorlari uchinchi davlatlar bilan muzokaralarda qatnashib, bunga ko‘maklashmoqda.
«Ushbu uchinchi davlatlarning aksariyati hech narsa yetkazib bermayotganini ochiqchasiga aytishadi, biroq hammasi parda ortida sodir bo‘lmoqda», — dedi Kuleba Fransiyaning Le Parisien gazetasiga bergan intervyusida.
Ukrainaga qurol yetkazib berishdan bosh tortayotgan mamlakatlar orasida masalan, Shveytsariya va Isroil bor. Iyun oyida Shveytsariya o‘zida ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlaridan yasalgan qurollarni Ukrainaga yetkazib berishga ruxsat berdi. Isroil hukumati AQSh bosimi ostida Ukraina uchun ba’zi «strategik materiallar»ni yetkazib berishni moliyalashtirmoqda.
Urush harakatlari boshlanganida Germaniya hukumati Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishdan bosh tortgan edi. Ammo keyinroq bunga ruxsat berdi.
Mavzuga oid
12:20
Frontdagi vaziyat: Vuhledar boy berilishi ukrain mudofaasidagi inqirozni kuchaytirdi. Yana bir «qal’a» xavf ostida
09:50
UQK: frontdagi vaziyat qiyin, RF tinimsiz hujum qilmoqda
08:50
YeI davlatlari Ukrainaga 35 mlrd yevro taqdim etishga kelishib oldi
21:50 / 09.10.2024