O‘zbekiston | 11:58 / 28.11.2022
65070
2 daqiqa o‘qiladi

Dauletmurat Tajimuratov va Lolagul Qallixanovaga qanday ayblovlar qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi

Ayblanuvchilar orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i ham bor.

Nukus voqealarida aybdor deb topilganlar yuzasidan sud jarayonlari davom etmoqda.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Unga ko‘ra:

1979 yilda tug‘ilgan Dauletmurat Tajimuratov – ishtirokchilikda qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish (JK 28,104-moddasi), O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish ( JK 159-moddasi), o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish (167-modda), jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (243-moddasi), ommaviy tartibsizliklar (244-moddasi), jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish (244-1-moddasi) jinoyatlarini sodir etishda ayblanmoqda.

1989 yilda tug‘ilgan, «Makan» internet-nashri ma’muri Lolagul Qallixanova esa Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi, 159-moddasi, 244- va 244-1-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir qilishda ayblanmoqda.

Ayblanuvchilar orasida 45 yoshli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Po‘lat Shamshetov ham bor. U Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan «qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan qo‘rqitib shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatish, qirg‘in solish, o‘t qo‘yish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish orqali sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar tashkil qilish, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish»da ayblanmoqda.

Mavzuga oid