O‘zbekiston | 11:26 / 30.11.2022
4100
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yeryong‘oqni asosan Rossiya bozoriga eksport qilmoqda

O‘zbekiston 10 oyda 15,6 ming tonna yeryong‘oq eksport qilgan.

Foto: Getty Images

2022 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 20,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 15,6 ming tonna yeryong‘oq eksport qilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yeryong‘oq eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 ming tonnaga kamaygan.

O‘zbekiston 2022 yilning 10 oyida eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilgan davlatlar:

  • Rossiya – 5,3 ming tonna;
  • Qozog‘iston – 2,8 ming tonna;
  • Ozarboyjon – 1,9 ming tonna;
  • Afg‘oniston – 927 tonna;
  • Turkmaniston – 912 tonna;
  • Qirg‘iziston – 791 tonna;
  • Xitoy – 735 tonna;
  • Pokiston – 664 tonna.

2022 yilning yanvar-oktabr oylarida hududlar bo‘yicha yeryong‘oq eksporti hajmi:

  • Samarqand viloyati – 3,4 ming tonna;
  • Surxondaryo viloyati – 2,8 ming tonna;
  • Toshkent viloyati – 2,3 ming tonna; 
  • Toshkent shahri – 2,1 ming tonna; 
  • Farg‘ona viloyati – 1,6 ming tonna;
  • Namangan viloyati – 1,1 ming tonna;
  • Jizzax viloyati – 708 tonna;
  • Andijon viloyati – 534 tonna; 
  • Xorazm viloyati – 430 tonna;
  • Buxoro viloyati – 201 tonna; 
  • Qashqadaryo viloyati – 147 tonna;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 103 tonna;
  • Sirdaryo viloyati – 68 tonna.

Mavzuga oid