People jurnali «Yil odamlari»ni e’lon qildi
Unga Hollivud yulduzi, aktrisa va yozuvchi kiritildi.
Amerikaning People jurnali «Yil odami – 2022» nominatsiyasida to‘rt nafar g‘olib nomini e’lon qildi va shu orqali uni «Yil odamlari» deb o‘zgartirdi.
Ular Metyu Makkonahi, Mila Kunis, Jyennifer Hadson va Kvinta Branson.
Taniqli Hollivud aktyori Metyu Makkonahi 2022 yil may oyida o‘zining qadrdon Yuvald shahrida sodir bo‘lgan ommaviy fojiali otishmadan keyin, qurol islohotini yoqlab chiqqan edi. Shundan so‘ng, oradan bir oy o‘tgach, Kongress tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan qurol qonunini qabul qildi.
Amerikalik aktrisa Mila Kunis Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan so‘ng, o‘z vatani Ukrainaga yordam berish uchun 37 million dollardan ortiq xayriya mablag‘ini yig‘di.
Amerikalik aktrisa va qo‘shiqchi Jyennifer Hadson odamlar uchun ijtimoiy teleko‘rsatuv tashkil qildi va unda hammaga «o‘zini jamiyatning muhim a’zosi» sifatida namoyon etish imkoniyatini berdi.
Amerikalik yozuvchi va aktrisa Kvinta Branson avlodlar o‘rtasidagi chegaralarni yo‘q qiluvchi Abbott Elementary loyihasini yaratdi. Bu barcha yoshdagilar uchun komediya ko‘rsatuvidir.
Mavzuga oid
21:22 / 06.12.2023
TIME jurnali xonanda Teylor Sviftni «2023 yil odami» deb topdi
23:06 / 04.12.2023
TIME jurnali Putinni «2023 yil odami» bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatiga kiritdi
00:42 / 12.12.2020
Bayden “Yil odami” unvoniga loyiq topilganidan mamnuniyat bildirdi
12:26 / 11.12.2020