O‘zbekiston | 16:55 / 05.12.2022
10686
4 daqiqa o‘qiladi

DAhO ko‘p funksiyali majmuasida ko‘chmas mulk sotuvi boshlandi

Bu Toshkent markazidagi xushmanzara ko‘rinishga ega xonadonlar, energiya tejovchi ofislar va savdo maydonchalari, yerosti avtoturargohi va yopiq basseynni o‘z ichiga olgan 5ta ko‘p qavatli binolar majmuasi.

Foto: DAhO

3-dekabr kuni “mixed used development” konsepsiyasiga muvofiq yaratilgan DAhO noyob majmuasi sotuvlar ofisining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. 5ta binodan iborat ansambl poytaxtning gavjum ishbilarmonlik markazida – Said Baraka va Taras Shevchenko ko‘chalari kesishmasida joylashadi. Hudud rivojlangan infratuzilma va ijtimoiy ahamiyatga ega obektlarga yaqinligi bilan ajralib turadi. 

Foto: DAhO

DAhO majmuasining qurilishi bilan 1969 yilda Turkiyada tashkil topgan Koc Grup shug‘ullanmoqda. Koc Grup 3ta qit’adagi 9ta mamlakatda faoliyat yuritadi. O‘zbekistonda holding “Hilton Tashkent City”, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, AKFA universiteti, Prezident maktabi va boshqa qator diqqatga sazovor binolar qurilishida ishtirok etdi. 

Majmuaning dizayni Turkiyaning arxitektura, interer dizayni va tarixiy restavratsiyaga ixtisoslashgan Studio Vertebra studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning portfoliosidan Turkiya, Germaniya, Kanada, Liviya, Ukraina, Ozarboyjon, Tanzaniya, O‘zbekistonda amalga oshirilgan loyihalar o‘rin olgan. 

Foto: DAhO

DAhO loyihasining hamkorlaridan yana biri InvestinOz konsalting kompaniyasidir. Ushbu konsalting kompaniyasiga 2006 yilda Istanbulda asos solingan va u 16 yillik faoliyati davomida turli biznes yo‘nalishlarida ko‘plab yirik loyihalarni amalga oshirgan. 

“Daho” - keng ma’noli tushuncha bo‘lib, ajdodlarimizning daholiklari va ulug‘vor, ilg‘or, o‘z zamonasidan oldinda bo‘lgan g‘oyalarni ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan intilishlarini ifodalaydi.  

DAhO’dagi turar joy apartamentlari — yuqori turmush darajasi timsoli

Turar joy ko‘chmas mulki baland bloklar yordamida ajratilgan. Arxitektorlar aholining farovonligi va xavfsizligi haqida to‘liq g‘amxo‘rlik qilishdi. Turar joy majmuasi hududidagi xotirjamlikni kechayu kunduz videokuzatuv, professional qo‘riqlash xizmati va “avtomobilsiz hovli” tushunchasi ta’minlamoqda. Faol vaqt o‘tkazish uchun DAhO’da fitnes markazi va yopiq basseyn faoliyat ko‘rsatadi. 

Modulli rejalash: joylashuvni o‘zgartirmasdan xonadon yoki ofis maydoniga boshqacha tus bering 

DAhO’ning turar joy va ofis binolarida "kelajak uchun ishlaydigan" modulli tamoyili amalga oshirildi. Xaridorlar o‘z ehtiyojlariga ko‘ra joylarni birlashtirishlari va ajratishlari mumkin. Ikkita modulli xonadon osongina bitta katta oila uchun mo‘ljallangan keng xonadonga aylantirilishi mumkin. Bir necha yil o‘tgach, voyaga yetgan farzand alohida bo‘lib yashashi uchun, xonadonni yana bo‘lib yuborish mumkin.

Yerosti avtoturargohi avtomobil egalari uchun bosh og‘rig‘i bo‘lgan masalani yengillashtiradi 

Taras Shevchenko hududida avtoturargoh bilan bog‘liq qiyinchiliklar yo‘q emas. DAhO aholisi bu muammoga duch kelmaydi, chunki turar joy, ofis va chakana savdo bloklariga chiqadigan shovqinsiz liftli keng yerosti avtoturargohi mavjud. Elektrmobil egalari uchun quvvatlantirish stansiyalari ham nazarda tutilgan. 

Taras Shevchenkodagi yangi ko‘p funksiyali majmua xalqaro darajadagi eng yangi muhandislik va arxitektura yechimlarini o‘zida mujassam etgan. Mayda detallarga qadar bo‘lgan e’tibor, ilhomlantiruvchi estetika va puxta o‘ylanganlik DAhO aholisining hayotini qulay va xavfsiz qiladi.

Xonadonlar va ofislarning ko‘rinishlari, majmuaning ichki infratuzilmasi va loyihaning renderlari bilan saytda tanishish mumkin.

Telegram: https://t.me/DAhOtashkent

Instagram:www.instagram.com/DAhO.uz

Facebook: www.facebook.com/DAhOtashkentuz

Telefon: +998 55 506 00 00

Reklama

Mavzuga oid