O‘zbekiston | 11:13 / 06.12.2022
4425
1 daqiqa o‘qiladi

«Aeroflot» Peterburgdan Toshkent va Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘yyapti

Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasi Sankt-Peterburg - Toshkent va Sankt-Peterburg - Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshiradi.

Foto: Reuters

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Sankt-Peterburgdan Toshkentga birinchi yo‘lovchi reysi 17 dekabrga belgilangan. Parvozlar Boeing-738 samolyotlarida haftasiga uch marta — chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Sankt-Peterburgdan Samarqandga reyslar ham haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari Boeing-738 samolyotlarida amalga oshiriladi. Birinchi parvoz 16 dekabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Ammo, reys 2022 yil 16 dekabrdan 20 dekabrga ko‘chirildi.

«Aeroflot — Rossiya havo yo‘llari» shtab-kvartirasi Moskvada joylashgan Rossiyaning davlat-xususiy aviakompaniyasidir. «Aeroflot» guruhiga, shuningdek, «Rossiya» aviakompaniyasi va «Pobeda» loukoster aviakompaniyalari kiradi.

Mavzuga oid